Wikipedia loyihasi 2001 yil yanvar oyida boshlangan edi. Hozirgi kunda bu ensiklopediya 264 tilda ma’lumotlarga ega. Kuniga ma’lumotlar bazasiga 2000 ta maqola kiritilib turiladi. May oyida “Wikipedia” ga yana bir necha tillar: qoraqalpoq tili, mokshan tili, erziyan tili va yoqut tili bo’limlari qo’shildi.
Ruscha “Wikipedia” ga 300 minginchi - “Baxay Jahon Markazi” nomli maqola Aleksandr Andreyko tomonidan kiritildi.
Rus tilidagi “Wikipedia” maqolalar soni buyicha rivojlanish an’anasi yaxshi davom etmoqda. 2007 yilning sentabr oyida maqolalar soni 200 mingtaga yetgan bo’lsa, joriy yilning mart oyida 250 000 tani tashkil etgan edi. “Wikipedia” da rus tilli maqolalar soni buyicha 10-o’rinni egallab turibdi.

Manba: http://compulenta.ru