Mazkur jamoalarning Samarqandda o‘tgan birinchi o‘yinida toshkentlik futbolchilar chililik legioner Xose Luis Vilyanueva tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga zafar quchgan edi.

Toshkentdagi javob bahsi ham qiziqarli o‘tdi. Mehmonlar chempionatimiz peshqadamiga jiddiy qarshilik ko‘rsatdi. Uchrashuvning o‘n yettinchi daqiqasida Aziz Haydarovning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi “Quruvchi”ga 1:0 hisobida zafar keltirdi.

Ikki uchrashuvning umumiy natijasiga ko‘ra 2:0 hisobida g‘alaba qozongan Mirjalol Qosimov shogirdlari yarim finalda Olmaliqning “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” futbolchilari bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.

Yana bir yarim finalda Farg‘onaning “Neftchi” va mamlakat kubogining amaldagi sohibi – Toshkentning “Paxtakor” jamoasi o‘zaro raqobatlashadi.

O‘zA, Zohir Toshxo‘jayev, 23.07.2008 17:01

Manba: http://uza.uz