Medpedia loyihasi doirasida, yaqin yillar ichida ma’lumotlar bazasi yaratilishi kutilmoqda. Mazkur ma’lumotlar bazasiga minglab ma’lum kasalliklar, dori-darmonlar, tibbiy uskunalar, tibbiy jarayonlar va boshqa ma’lumotlar joylashtirilib boriladi. Asosiy sahifada har bir mavzular keng jamoaga tushunarli tilda yoziladi. Bundan tashqari, barcha bo’limlarda tibbiyot mutaxassislari uchun ixtisoslashtirilgan ma’lumotlar joylashgan maxsus “texnik” sahifalar o’rin oladi. Ma’lumotlar matni rasmlar, videoroliklar, ovozli izohlar hamda tomograf, rentgen apparatlari va boshqa tibbiy uskunalar yordamida olingan suratlar bilan boyitib boriladi.
Mashhur Wikipedia onlayn ensiklopediyasiga o’xshab, Medpediani to’ldirib borish ko’ngillilar tomonidan amalga oshirilishi kutilmoqda. Lekin Medpediaga ma’lumotlarni kiritish malakali tibbiy ishchilar, mutaxassislar va tashkilotlar hamda sog’liqni saqlash masalalari bilan shug’ullanuvchi kishilargagina ruxsat berilishi kerak, degan fikr berilmoqda.
Medpedia loyihasini qo’llab-quvvatlashga quyidagi tibbiyot institutlari, muassasa va tashkilotlar qatnashmoqda:
- Garvard va Stenford Tibbiyot Maktabi;
- Amerika Tibbiyot Kolleji;
- Oksford Sog’liqni Saqlash Uyushmasi;
- Michigan Universiteti Tibbiyot Maktabi;
- Klinik Immunologiya Jamoat Federatsiyasi.
Medpedianing ommaviy versiyasi joriy yilning oxirlarida taqdim etiladi.
Medpedia loyihasi haqida batafsilroq ma’lumotni http://www.medpedia.com saytidan topishingiz mumkin.
Manba: http://compulenta.ru

October 26th, 2008
"Medpedia tibbiyot ma’lumotlar qomusini tuzish loyihasi boshlandi" ga 2 ta izoh qoldirilgan
Tibbiyotga aloqador qomusini tuzish - yaxshi fikr. Bizlarga ham ancha yengil bo’lar edi. Ammo, wikiga o’xshab ko’ngilli to’ldirishni yoqlamayman. Zero ular shifokoru, olimlar tomonidan tekshirib borilsada.
Farida, shifokoru, olimlar tekshirib borishini ta’minlash uchun ularga yetarlicha haq to’lash kerak. Chunki, ularni real hayotda ishlari ko’proq.
Hoziroq Izoh Qoldiring!