Umidli tennischimiz musobaqaning dastlabki bosqichida Rossiyadan kelgan Roman Kislyanskiyga qarshi kortga chiqdi. Hujumkor o‘yin ko‘rsatgan Vaja Uzoqov raqibini 6:4, 7:6 hisobida dog‘da qoldirdi.
Juftliklar bahsida rossiyalik Viktor Kozin bilan birga o‘ynayotgan Vaja Uzoqov chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tkazilgan uchrashuvda mezbonlar tennischisi – Nika Kakuliya va Nodari Karchaidzeni 6:3, 7:5 hisobida yengib, musobaqani davom ettiradigan bo‘ldi.
O‘zA, Zohir Toshxo‘jayev, 23.07.2008 20:18
Manba: http://uza.uz

October 26th, 2008
"Tennischimiz keyingi bosqichda" ga 1 ta izoh qoldirilgan
Omad!!!
Hoziroq Izoh Qoldiring!