ComputerWorldning xabar berishicha, yirik qidiruv tizimi bo’lmish Google o’zining internet-qomusini ishga tushirganini e’lon qilgandan 7 oy o’tib, keng ommaga loyihada ishtirok etishini taklif qilmoqda.

Shu paytgacha faqatgina taklif qilingan mualliflargina Knol (”knol” - bilimlar birligi) ga maqolalar qo’shishlari mumkin edi. Endi xohlagan Google pochta egalari eksiklopediya hammuallifi bo’lishlari mumkin.
Muallif bilan kelishuvda o’zlarining maqolalari joylashgan sahifalarda reklamalar qo’yiladi va bundan kelib tushadigan foyda muallif va Google o’rtasida kelishuvga muvofiq taqsimlanadi. Taxminimizcha, reklama ob’ektlari maqola mavzusiga bog’liq bo’lsa kerak.
Loyihaning zamirida tijoriy maqsad sababli ko’pchilikda qomusning ilmiy salohiyatiga shubha uyg’otmoqda. Mutaxassislarning fikricha esa, mualliflar foyda olishlarini bilsa, mashhur mavzularda, masalan ma’lum va mashhur shaxslarning tarjimai hollarini yozishga ishtiyoqi kuchayadi.
Loyihaning ishga tushganligi haqidagi e’lon berilganda, Knol loyihasiga Wikipedianing raqobatchisi sifatida qaralgan edi. Lekin Google mahsulotlari buyicha menejer Sedrik Dyuponning bayonotiga ko’ra, kompaniya Knolning Wikipediaga qo’shimcha sifatida kiritilishi ustida muhokamalar ketayapti.

Muallif nomi ko’rsatilmaydigan (anonim) “erkin qomus” dan farqli o’laroq Google mualliflikni ko’rsatilishini talab qilmoqda. Chunki manbaning ishonchliligini baholash o’quvchi tomonidan imkoniyat bo’lishi kerak. Bundan tashqari, foydalanuvchilar maqolani o’zgartirishlari uchun faqatgina muallif bilan kelishishlari va xabarlashishlari lozim. Shuning uchun, Google bitta mavzuda bir necha maqolalar yozilishiga ruxsat bergan. Maqolalar mashhurligi buyicha tabaqalashtirilib boriladi, bu esa mualliflarni sifatli ma’lumotlar taqdim etishiga chorlaydi.
Manba: http://compulenta.ru

October 26th, 2008
"Endi hamma Googlening Knol internet-qomusidan foydalanishlari mumkin" ga 2 ta izoh qoldirilgan
Bu segmentni Wikipedia egallab bo’lgan. Knol muvaffaqiyatga erisha olmaydi. IMHO.
Fikringizga qo’shilaman, lekin Knol mutlaqo shaxsiy nashrlar jamlamasi uchun yaratildi
Wikipedia esa ommaviy nashlar bilan band…
Hoziroq Izoh Qoldiring!