Dunyoda ijtimoiy tarmoq mashhurligi buyicha ikkinchi o’rinda turuvchi Facebook Microsoft korporatsiyasi o’rtasidagi hamkorlik 2006 yilda reklama sohasida o’rnatilgan edi. O’tgan yilning oktabr oyida yirik softver Facebookning uncha katta bo’lmagan aktsiya paketiga ega bo’ldi. Mazkur aktsiya paketiga Microsoft 240 million AQSh dollarini sarfladi. Ikki oycha avval, Microsft Facebook ijtimoiy tarmog’ini sotib olishi to’grisidagi taklifini bermoqchiligi haqidagi ma’lumotlar tarqalgan edi.
Shu kunlarda The New York Timesning xabar berishicha, Microsoft korporatsiyasi Facebook bilan internet-qidiruv va reklamalar sohasida yangi bitim imzolagan. Shartnoma shartlariga ko’ra, ijtimoiy tarmoq Microsoft qidiruv vositasini ishlatadi. Bundan tashqari, Facebook saytida gigant softverning reklamalari joy oladi.
Mutaxassislarning fikrlaricha, Yahooni sotib olish buyicha kelishuvning to’xtatilishi, Microsoftning Facebook bilan bitimi nazariy jihatdan o’zining qidiruv tizimida foydalanuvchilar ko’lamini hamda shunga bog’liq ravishda reklamadan keladigan daromadning oshishiga yordam beradi.
Qo’shma Shtatlarlarda olib borilgan ComScore statistikasiga ko’ra, Microsoft jami qidiruv talablarining 9,2%ni qondirgan bo’lsa, Google va Yahoo mutanosib ravishda 61,5% va 20,9% ni tashkil qilgan.
Shuni ta’kidlab o’tish joizki, Microsoft yaqinda o’zining qidiruv xizmatlaridan foydalanishni oshirish uchun boshqa bitim tuzgan edi. Bu bitim shartlariga ko’ra, barcha yangi AQSh va Kanadada sotuvga chiqariladigan Hewlett-Packard shaxsiy kompyuterlarida Microsft Live Search qidiruv paneli o’rnatiladigan bo’ldi.
Manba: http://compulenta.ru

October 26th, 2008
"Microsoft Facebook bilan hamkorligini kengaytirmoqda" ga 4 ta izoh qoldirilgan
Haa, facebookning bunaqa uzoqqa borishini to’g'risi kutmagan edim…
Facebookni o’zbekchalashtirish loyihasiga ko’ngillilar kerak. Yuragida o’ti bor bekorchilar bormu?:)
Bor, albatta!!! Aynan Facebookni o’zbekchalashtirish kerakmi yoki uning o’rniga yangisini
? Facebookni o’zbekchalashtirish loyihasini kim olib bormoqda?
Menda facebook.uz domen bor:) Facebookchilar bilan bog’lanib ko’rdim. Hozirgi maqsad, Facebookdagi Translate dasturi yordamida facebookni tezroq tarjima qilish. Keyin facebook.uz ga biriktirib qo’yamiz
Hoziroq Izoh Qoldiring!