Ma’lumotlar Sanoati (Informatsion industriya) vazirligi ma’lumotlariga ko’ra, iyun oyida uyali aloqa foydalanuvchilari 8,63 million kishiga ko’paydi. Shunday qilib, Xitoyda yil boshidan mobil aloqa foydalanuvchilarining bazasi 53,5 million kishiga oshdi. Dunyoning eng yirik uyali aloqa operatori China Mobilening abonentlar bazasi iyunda 7,6 million foydalanuvchiga ko’paydi va 414,6 million kishiga yetdi.
2006-yil fevralida Xitoyda uyali aloqadan foydalanuvchilar soni 400 million kishi edi. Bu ko’rsatkich 500 millionga yetishi uchun mamlakatga atigi o’n olti oy kerak bo’ldi. Keyingi yuz million abonent o’n ikki oy ichida qo’shildi.
Abonentlar soni oshishi bo’yicha Hindiston Xitoydan qolishmaydi. May oyida uyali aloqalarga 8,62 million hindistonliklar qo’shildi. Hindiston telekommunikatsion organining ma’lumotlariga ko’ra, mamlakatda uyali aloqa vositalaridan 277,9 million kishi foydalanadi.
Manba: http://compulenta.ru

October 26th, 2008
"Xitoyda uyali aloqadan foydalanuvchilar soni 601 million kishidan oshdi" ga O ta izoh qoldirilgan
Hoziroq Izoh Qoldiring!