Bu haqda, “Vedomosti” Mail.Ru portali general direktori Dmitriy Grishinning bayonnomasi ko’ra xabar berdi.
2007 yilgacha Mail.Ru ning asosiy egalari Runet portallarida yirik kompaniyalardan biri Digital Sky Technologies va amerika fondi Tiger Global Managementlar edi. Lekin keyinchalik Mail.Ru 30% paketini Naspers xoldingiga 165 million AQSh dollariga sotgan edi. O’sha vaqtda rusiyzabon portal bitim imzolanayotganda 550 million AQSh dollariga baholangan edi. O’tgan yilning dekabr oyida Naspers xoldingi Mail.Runing yana 2,6%ni 26 million AQsh dollariga sotib olgan edi, o’shanda portal allaqachon milliard AQSh dollariga baholanib bo’lingan edi.

“Vedomosti”ning xabar berishicha, Digital Sky Technologies fondi Mail.Runing 15%li paketini Tiger Global Managementdan sotib oldi va bu bilan fond o’zining portaldagi ulushini 50,55% ga yetkazib oldi. Bitim miqdori e’lon qilinmayapti, lekin bir qancha mutaxassislarning baholashiga ko’ra 180-200 million AQSh dollariga yetishi mumkin.

Ma’lumotlarga qaraganda, Digital Sky Technologies fondi “Kommersant” nashriyot uyi egasi biznesmen Alisher Usmanovga o’zining ulushlarini sotish ustida kelishuvlar olib borayotganligi e’tiborga loyiq. Digital Sky Technologies fondining Mail.Ru ning boshqaruv paketini sotib olishi shu kelishuvlar bilan bog’liq bo’lishi bundan mustasno emas.

TNS Gallup ma’lumotlarga qaraganda, Mail.Ru kunlik foydalanuvchilar auditoriyasi taxminan 6,4 million kishini tashkil etadi. Portal Runetda eng yirik pochta tizmi, “Moy Mir@Mail.Ru” ijtimoiy tarmog’i, “Photo@Mail.Ru” fotohostingi va yana bir qancha o’nlab onlayn xizmatlariga ega.

Manba: http://compulenta.ru