Sahifani tekshirayotganda barcha topilgan skript va freymlar ichidagi zararli linklarni to’playdi. Bundan tashqari, Dr.Web plagini Mozilla Thunderbird pochta mijozi orqali yetkaziladigan elektron xatlar ichidagi linklarni ham tekshiradi.
“Doktor Veb” kompaniyasining tarmoq loyihalari bo’limining rahbari Evgeniy Kuzinning so’zlariga ko’ra, yangi FireFoxning faqatgina birinchi kuniyoq 8 million marta yuklab olingan. Mozilla Firefox uchun Dr.Web LinkChecker yangi versiyasining ishlab chiqilishi hamda FireFoxning barcha foydalanuvchilarining tarmoqdagi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan bu ochiq kodli va mashhur brauzerni qo’llab-quvvatlash bizning kompaniyamiz uchun yuksak qadamlardan biri bo’ldi, deya qo’shimcha qildi.
Dr.Web LinkCheckerni ishlatish uchun Dr.Web antivirusini o’rnatish shartmas, linklarni tekshirish “Doktor Veb” kompaniyasining dunyoning turli chekkalarida joylashgan serverlari orqali amalga oshiriladi. Tekshirish muddati faylning hajmiga bog’liq bo’lib, bir necha soniyadan bir necha daqiqa vaqtni olishi mumkin. Tekshiriladigan faylming eng yuqori hajmi 12 Mbni tashkil qiladi. Tekshiruv natijalariga qarab, virus hujumi bo’lmaganda FireFox foydalanuvchisi faylni yuklashi mumkin yoki qiziqqan sahifasiga tashrif buyurishi mumkin.

Manba: http://compulenta.ru