Xabar berishlaricha, DirectX 11 dastur interfeysi Windows Vista operatsion tizimi hamda Microsoft platformasining keyingi versiyalariga ham mos tushadi. Bundan tashqari, DirectX 11 hozirgi DirectX 10/10.1larni qo’llovchi apparat komponentlariga ham qo’llasa bo’ladi.
DirectXning 11-versiyasining o’ziga xos xususiyatlaridan biri yangi sheyder texnologiyasi bo’lib, bu videoadapterni markaziy protsessor bilan paraller ravishda ishlatishga mo’ljallangan. Dasturchilarning bu mehnati tufayli, endi kuchli grafikli kuchaytirgichni keng vazifalar spektrida ishlatish mumkin. Bundan tashqari, DirectX 11 ko’p yadroli protsessorlar bilan jihozlangan tizimning butun imkoniyatlarini qo’llashga ko’mak beradi.
DirectX 11 ning xususiyatlaridan yana biri, uning tesselyatsiya metodini qo’llashidadir. Bu grafikani yaxshilashga mo’ljallangan bo’lib, masalan, o’yindagi grafika yanada haqiqatga yaqinroq bo’ladi, maxsus effektlar esa yanada ishonchliroq tus oladi.
DirectX 11 ustida olib borilayotgan ishning yakuniy muddayi haqida Microsoft korporatsiyasi hech qanday ma’lumot bermayapti. Lekin yaqin kunlarda qo’shimcha ma’lumotlarni e’lon qilishini xabar qilgan. Shunga qaramay, aytishimiz mumkinki, DirectX 11 mahsulotini joriy yilning oxirida yoki kelasi yilning boshlarida ko’rishimiz mumkin bo’ladi.

Manba: http://compulenta.ru