O’Reilly Open Source Convention konferensiyasida nutqqa chiqqan OpenOffice.org loyihasi PR-menejeri Luis Suares-Potts, kontrafaktli dastur ta’minotining yoyilishi ochiq kodli soft dasturchilari uchun ziyon keltirmoqda, deya xabar berdi.

Luis Suares-Potts

Luis Suares-Potts

Uning fikricha, agar odamlarda litsenzion dasturlarning qaroqchi nusxalaridan foydalanish imkoniyati bo’lmaganda, ochiq loyihalarga yanada ko’proq yangi qatnashuvchilarni jalb qilishi mumkin edi.
Business Software Alliance kompaniyasi o’tgan hafta tadqiqotlarini nashrdan chiqardi, unga ko’ra qaroqchilik tashkilotlari faoliyati natijasida AQShda dastur ta’minoti ishlab chiqaruvchilari zararlari 2007 yilda 8 milliard AQSh dollaridan ko’proq miqdorni tashkil etgan.
Suares-Potts yana, jahon hukumati vakillari bunday qaroqchilik tufayli zararlarni anglab yetmoqda deya xabar berdi. Agar open source harakatida faol qatnashish va ish kuchini ijobiy tomonga yo’naltirish mamlakat aholisi yanada texnik taraqqiyot topishi mumkin edi.
Iqtisodi rivojlanayotgan Lotin Amerikasi, Xitoy, Hindiston va boshqa davlatlar, OpenOffice loyihasi menejeri so’zlariga ko’ra, jamiyatlari bilan birgalikda shaxsiy intellektual vositalarni yaratish yordamida odamlar hayoti darajasini yaxshilashga urinmoqda.

Manba: http://compulenta.ru