ALT Linux kompaniyasi bolalar ijodi uchun Live CD shaklida ALT Linux 4.0 Children distributivi beta-versiyasining elektron ko’rinishini chiqarganini e’lon qildi. Distributiv maktabgacha va maktab yoshidagi (4 yoshdan) bolalar uchun mo’ljallgan. ALT Linux 4.0 Children diskdan yuklanib, hech qanday kompyuterga o’rnatishni talab qilmaydi.
Yangi mahsulotda to’xtalib o’tilgan jihatlarga ko’ra, ALT Linux 4.0 Childrenning farqli jihatlari unda keng ko’lamli ijodiy mashqlarni bajarisha barcha vositalar yig’ilganidadir. Lekin bunda vositalar to’plami to’girlab va minimallashtirilib chiqilgan. Har bir vazifa uchun, masalan, xoh vektor grafikasi bilan ishlash bo’lsin, xoh video ko’rish bo’lsin, bolalar uchun oson va qulay keladigan dasturlar qo’yilgan.
ALT Linux 4.0 Children quyidagi dasturlar to’plamidan tashkil topgan:
- grafika (shu jumladan, rastrli, vektorli, fraktali, ascii) bilan ishlar uchun dasturlar;
- video bilan ishlash (o’lchamsiz montaj, audio va video materiallarini o’qiydigan) dasturlar to’plami;
- Open Clip Art kutubxonasidan rasmlar va vektor namunalari;
- o’yinlar to’plami;
- ta’lim kurslari matni.
Distributivda quyidagilar mavjud emas:
- ofis dasturlari;
- pochta mijozlari;
- brauzerlar;
- rejalshtirish va adres kitoblari;
- internetga ulanish imkoniyati.
Distributivning o’zi elektron ko’rinishda tarqatilmoqda. Siz maskur adresdan CD ko’rinishida yuklab olishingiz mumkin.
Manba: http://www.altlinux.ru/company_news/alt_linux_4.0_children_beta.html

October 26th, 2008
"ALT Linux bolalar uchun yangi distributivini chiqardi" ga 1 ta izoh qoldirilgan
Linux baribir Linuxde
Hoziroq Izoh Qoldiring!