NetworkWorldning xabar berishicha, yirik softver Apache xarajatlari uchun 100 ming AQSh dollarini ajratdi, bu bilan loyihaning asosiy homiylari o’rinidan joy egalladi. Hozirgi vaqtda, Apache Software Foundation tashkilotining asosiy homiylari statusida faqat ikkita kompaniya - Google va Yahoolar hisoblanadi. Bular Microsoftning asosan internet-qidiruvida raqobatdoshlar.
Moliyaviy ko’makdan tashqari, Microsoft korporatsiyasi Apache dasturchilariga o’zining dasturiy kodlarini berdi. Bu Python va PHPda yozilgan abstrakt klasslar kutubxonasi bo’lmish ADOdbning imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi. Mazkur, kutubxona ma’lumotlar bazasi bilan ishlashda konseptual yondoshuv nuqtai nazaridan maksimal haqqoniy dastur yaratishga imkon beradi.
Bundan tashqari, Microsoft o’zining Open Specification Promise toifasi uchun 100 ta protokollarini tartibga keltirdi. Bu Microsoft patentlariga qonuniy tarafdan xavf solmasdan ikkinchi taraf dasturchilari uchun foydalanish imkonini beradi.
Netcaft statiskigasiga ko’ra, joriy yilning iyun oyida Apache tarmoqda kengroq tarqalgan server dastur ta’minotini egallagan. O’tgan oyda bozor segmentida 49% li ulushni (deyarli 85 millionta saytlar) mazkur veb-server hissasiga to’g'ri kelgan. Ikkinchi o’rinni esa Microsoftning dastur platformasi 35,4% ulush (61 millionta sayt) bilan egallagan.

Manba: http://compulenta.ru