Bu safar navbatdagi “eng arzon” mininoutbukni Jointech korxonasi taqdim etdi: JL7100 nomli moslama xaridorlarga 99 dollarga taklif qilinmoqda.
Jointech JL7100 800 x 400 pikselli o’lchamga ega yetti duymlik displey, stereofonik dinamiklar, standart ko’rinishli klaviatura va uchta USB portga ega. Operativ va ichki flesh-xotiralarning kattaligi bir xil va 64 mbni tashkil etadi. Mininoutbukning qattiq diski yo’q, ammo 8 gbgacha bo’lgan tashqi flesh-qurilmani ulash mumkin. 225 x 165 x 36 mm o’lchovlik portativ kompyuter 680 gramm og’irlikka ega. Avtonom ish vaqti to’rt soat.

Jointech JL7100da dastur platformasi rolini Microsoft Windows CE 5.0 operatsion tizimi o’ynaydi. Mininoutbuk bilan birgalikda Word, Excel, Powerpoint, mediapleyer, grafik fayllarni ko’rish dasturi, kalkulyator, Internet Explorer brauzeri va boshqalar taqdim etiladi.
Shuni qayd etish kerakki, narh jihatidan Jointech JL7100 130 dollarlik World’s Cheapest Laptop (Jahondagi Eng Arzon Laptop) mininoutbukidan ustun keldi. Ammo, World’s Cheapest Laptop yonida Jointech JL7100 tehnik jihatdan yutqazadi.
World’s Cheapest Laptop kompyuteriga 128 mb OZU va 1 gblik flesh-disk o’rnatiladi.
Manba: http://www.jointech.com.hk/jl7100.html

October 26th, 2008
"Narhi 99 dollarlik mininoutbuk sotuvga chiqdi" ga 1 ta izoh qoldirilgan
Assalamu alaykum wr wb!
Qoyil ancha arzon, cho`ntakbop ;)Imkoniyatlari haqida batafsilroq infolarga ega bo`lmoqchiman.
Toshkentda ham bormikan ?
agar yo`q bo`lsa, bizga zakaz qilsak, narhi qanchaga qimmatlashadi?
Hoziroq Izoh Qoldiring!