Kompaniyaning xabariga ko’ra, mazkur mahsulot jahon bozoridagi barcha tashqi vinchester turlaridan ekologik tozaligi va xavfsizligi jihatidan ustunlikka ega.
SimpleTech [re]drive tashqi vinchesterning hajmi 500 Gigabaytni tashkil qiladi. Qurilma odatiy USB 2.0 ga solishtirganda 25% tez ishlaydigan Turbo USB 2.0 interfeysi bilan ta’minlangan. Tok utkazgich adapteri Energy Star standartiga moslashtirilgan. Bu Fabrikning ma’lumotiga ko’ra, sovutishni shovqinsiz ventelyator tizimi SimpleTech [re]drivening kutish holatida 90% samara bilan elektr energiyasini tejashga yordam beradi. SimpleTech [re]drivening ustki qatlami ekologik toza materiallar: bambuk va qayta ishlagan alyuminiylardan foydalanilgan.


SimpleTech [re]drive komplektida qurilmani o’rnatish va ma’lumotlarni rezerv nusxasini olishga mo’ljallangan dasturiy ta’minoti ham mavjud. Maxsus PC Fabrik foydalanuvchilari uchun antivirus himoyasini ham taklif etmoqda. Shu bilan birgalikda kompaniya ma’lumotlarni saqlashdagi avariyalar uchun onlayn xizmatni ham yo’lga qo’ygan.
SimpleTech [re]drive bilan birgalikda kompaniya ikkita boshqa tashqi ma’lumotlarni saqlash qurilmasini ham taklif etmoqda: SimpleDrive va Signature Mini.

Fabrikning yangi mahsuloti AQShning savdo punktlarida va internet-magazinlarda 159.99 AQSh dollari miqdoridagi narxda sotuvga qo’yilgan.

Manba: http://www.fabrik.com/company/media-room/press-releases/20.php