Eslatib o’tish kerakki, Digg.com o’zi bilan onlayn xizmatlarni taklif etadi. Internetning xohlagan foydalanuvchisi materiallar qo’shish imkoniyatiga ega sayt boshqa tashrif buyuruvchilar tomonidan nashrlar o’zlarining mezonlariga qarab baholaydi. Shuningdek, yuqori reytingni egallagan yangiliklar asosiy sahifaga chiqariladi.
O’tgan hafta TechCrunch sayti Google va Digg.comlarning deyarli tugal bitimga kelganligi haqidagi ma’lumotlarni tarqatgan edi. Kutilganidek, Digg.comning xaridan keyin mazkur saytning resurslari Google News yangiliklari xizmatiga muvofiqlashtirilishi kerak edi. Bitim summasi 200 million AQSh dollari etib belgilangan edi.
Endilikda TechCrunch ikkita asosli manbaga tayanib, Google va Digg.comning o’rtasidagi bitim tuzilmaganini e’lon qilmoqda. Mazkur manbalarning birida Googlening Digg.com ni sotib olishidan bosh tortishi texnik muammolarga bog’langan. Yangiliklar resursining platformasini o’rganilib chiqilganidan keyin shunday xulosaga kelingan. Keyingi manbaga ko’ra esa, ikki tomon rahbariyatining turli qarashlari tufayli bitm bekor qilingan. Lekin rasmiy ravishda Google va Digg.com hech qanday izohlar berganicha yuq.
Manba: http://compulenta.ru

October 26th, 2008
"Google yangilik resursi Digg.comni sotib olishdan bosh tortdi" ga 6 ta izoh qoldirilgan
“tortti” emas “tortdi” bo’ladi
Qachon o’zbekcha digg bo’larkin-a? UzGazOil sotib olsa kerak loyiha muvaffaqiyatli chiqsa (-:
Rahmat, xatoimni aytganingiz uchun. Shunaqa xatolar tekshirilib turilishidan xursand bo’laman. Bu befarqmaslikning belgisidir.
O’zbekcha Digg ga keladigan bo’lsak, hammasi moliyaviy tomonga borib taqaladi . . .
Moliyaviy tomon shartmas, Digg’ning Pligg nomli opensource alternativasi mavjud, uni ihtiyoriy domenga o’rnatib o’zbekcha Digg qilsak bo’ladi
Yaxshi fikr
O’rtoq Yusupovga Pligg haqidagi g’oya yoqqan bo’lsa, digg.uzlive.net loyihasini ishga tushirishni taklif qilaman (-:
Hoziroq Izoh Qoldiring!