Dushanba, 4 avgustda San-Fransisko (Kaliforniya shtati)da har yilgi ko’zgazma - LinuxWorld konferensiyasi ochiladi, mazkur konferensiya Linux olamida va ochiq kodli dasturiy ta’minotlar uchun muhim hodisalardan biridir.
LinuxWorld tadbirida, an’anaviy ravishda ochiq kodli dasturiy ta’minotlar rivoji tendensiyasi, Linux operatsion tizimi, xususan, eng muhim muammolar, yuqori salohiyatli loyihalar va boshqalar muhokama qilinadi. Bundan tashqari, LinuxWorld 2008 da barcha e’tibor mobil telefonlari sohasida ochiq dasturiy ta’minotlarni qo’llashga qaratiladi. Ko’plab ishtirokchilar konferensiya yangi mahsulotlar va texnologiyalarni e’lon qilish uchun yanada maqbul hodisa bo’ladi, deb hisoblashmoqda.
Bu yilgi LinuxWorld konferensiyasida dunyoning barcha yeridan 200 ga qadar kompaniyalar va minglab professional mutaxassislar, ekspertlar va ishtiyoqchilar qatnashishi kutilmoqda. Tadbir doirasida bir qancha kishilar, jumladan, Cisco Systems ning vice-prezidenti va bosh menejeri Rajiv Ramasvami, IBM ning ochiq tizimli ishlab chiqarish va standartlar buyicha vice-prezidenti Bob Sator, Citrix Systemsning texnik direktori Saymon Krosbi, Oracle korporatsiyasining bosh arxitektori Edvard Skrevenlar va boshqalar nutq so’zlashadi.
LinuxWorld 2008 konferensiyasida yangi dasturlar va apparat qurilmalari ko’pgina kompaniyalar tomonidan taqdim etiladi. Ko’zgazmani Access, Cisco, Fujitsu, Intel, Talend, Ubucon, Novell, Bivio Networks, VMware, SugarCRM, Rackable Systems, Wind River, Oracle va boshqalar mahsulotlari ochib berishadi. Tadbirda, xususan, Linux yadrosi asosidagi gOS operatsion tizimning uchinchi versiyasi, ochiq kodli Openmoko Neo Freerunner kommunikatori, Texas Instrumentsning yangi mahsulotlari va boshqa ko’plab mahsulotlar namoyish qilinadi.
LinuxWorld 2008 konferensiyasi 4 - 7 avgust kunlari, ko’zgazma esa 5 - 7 avgust kunlari o’tqaziladi. Qo’shimcha tadbir ma’lumotlarini shu yerdan o’qishingiz mumkin.

Manba: http://www.linuxworldexpo.com