Xabar berishlaricha, AQShda yangi markaz qurish uchun IBM kompaniyasi 360 mln dollar ajratishni mo’ljallagan. Yuqori ishlab chiqarish maydoni Shimoliy Karolinada joylashadi va eng ilg’or uskunalar hamda texnologiyalar, xususan, virtual tizim hamda yuqori chidamli tuzilmali hisob modullari ishlatiladi. Markaz yirik korporativ klasslar hisobi majmuasining energiya iste’molini kamaytirishga qaratilgan Project Big Green dasturlari loyihasining muhim bir qismi bo’ladi. Qurilishning tugatilishi keyingi yilning boshiga rejalashtirilmoqda.

Yaponiyadagi hisob markaziga kelsak, u Tokioda joylashadi. Unga IBM korporatsiyasi 40 mln. dollar sarflashni rejalashtirgan. Majmua IBMning butun dunyoda joylashgan boshqa markazlari bilan aloqada bo’ladi.

IBMning yangi data-markazlari “hisob bulutlari” konsepsiyasi asosida qurilgan xizmatlar ishlarini qo’llab-quvvatlash uchun foydalanishi kutilmoqda.
Mazkur konsepsiya tarmoq orqali yetkaziladigan ruxsat yordamida apparat resurslarini shakllantirishga qaratilgan. Bu resurslarning kuchi juda yuqori darajada bo’lishi kerakki, lokal serverlar yoki kompyuterlarga ehtiyojni butunlay yuqotishi kerak.

Manba: http://compulenta.ru