Mazkur bitimga ko’ra, McAfee Total Protection versiyasi o’rnatilgan HP ning bir necha kompyuter turlari tarqatiladi.
Kichik biznes korxonalari uchun mo’ljallangan kompyuterlarda mazkur himoya o’rnatiladi va uni ishlatish 60 kunlik davrgacha chegaralangan.
McAfeening vice-prezidenti Tod Gebxardning e’lon qilishicha, internetdan yetkaziladigan havflar majmuasidan kompyuterlarni himoya qilish, kichik kompaniyalarning birinchi navbatdagi qiziqishini uyg’otadi. Himoya uchun tayyor bo’lish uchun, McAfee o’zining mijozlari bilan doimo yangilanib turilishi kutilmoqda.
McAfee ishlab chiqaruvchilarining xabar berishicha, Total Protection doimo keng ko’lamli himoya (jumladan, “bush kun” va rutkitlar hujumidan himoya), oson boshqaruv (McAfee ePolicy Orchestrator yordamida yagona markazlashtirilgan konsol bilan vazifalarni bajarish) hamda xodimlarning havfli saytlarga kirishini oldini olishga qaratiladi.
HP vakili Rob Montgomerining xabar berishicha, foydalanuvchilar sinov muddati tugaganidan keyin ham Total Protection dastur paketini yangilashi mumkin.
Manba: http://www.prnewswire.com

October 26th, 2008
"McAfee himoyasi o’rnatilgan HP kompyuterlari sotuvga chiqariladi" ga O ta izoh qoldirilgan
Hoziroq Izoh Qoldiring!