Webscan Technologiesning statistik ma’lumotlariga ko’ra, Runetda yanvardan iyungacha 13.1 mln. ta yangilik nashr qilingan. Solishtiradigan bo’lsak, 2007 yilda nashr qilingan yangiliklar miqdori 18.5 mln.ni tashkil qilgan. Davom etayotgan an’analarga tayangan holda, joriy yilda internetda rus tilidagi yangiliklar ulushi 29 mln. ga yetishi kutilmoqda. Analitiklarning hisob-kitoblarga ko’ra, o’tgan yilga nisbatan yangiliklar nashri o’sishi 56%ni tashkil etadi.
Webscan Technologies kompaniyasi ta’kidlashicha, Runetdagi yangiliklar Rossiyada internet foydalanuvchilariga nisbatan juda yuqori sur’at bilan o’smoqda. “Jamoat Fikri” fondi ma’lumotlariga ko’ra, Rossiyada yashovchi 18 yoshdan yuqori aholining, internetdan hech bo’lmasa, yarim yilda bir marta foydalangan bo’lsa ham, 2007 yilning yakunida ularning soni 30.6 mln. kishini tashkil etgan. Joriy yilning oxirigacha, eMarketer mutaxassislari baholashlariga ko’ra, Rossiya aholisining 30% qismi internetdan foydalanishlari mumkin.
Webscan Technologiesning tadqiqotlari yana shuni ko’rsatdiki, Runetdagi barcha yangiliklarning 38 foizi boshqa manbalardan so’zma - so’z nusxa kuchirilgan ekan. 100 ta eng aytishga loyiq rus tilidagi saytlar 2008 yilning birinchi yarim yilida 233 mingta yangiliklarni chiqargan bo’lsa, 18500 ta joyda har xil darajada qaytadan joylashtirilgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Runetdagi yangilik materiallarining umumiy hajmi oshmoqda, birinchi navbatda, bu ko’p miqdorda original nashrdan tayyor nusxa kuchirish hisobiga oshmoqda.
Manba: http://webscan-global.com

October 26th, 2008
"Runetdagi deyarli 40% yangiliklar boshqa resurslardan so’zma-so’z kuchirilgan" ga 3 ta izoh qoldirilgan
Buning sababi blog/sayt orqali daromad topishning rivojlanishi bo’lsa kerak.
Qiziq… umuman olganda, bizda ham huddi shunga o’xshash ya’ni just copy and paste usuli…
Farida,
farqli tomoni sizning copy+paste’ingizni boshqalar copy+paste qilmaydi, chunki bunday qilish uchun o’zbek tilidagi saytning o’zi yo’q =)
Ruslarda esa shunga o’xshash manbaalarning ko’pligi uchun, ulardan ko’chiruvchilar ham yetarli.
Hoziroq Izoh Qoldiring!