“Kaspersky Laboratoriyasi” viruslar faolligining oylik kuzatuvlarini tayyorlashning yangi uslubiyatiga asoslanib, 2008 yil iyul uchun xavfli dasturlarning tarqalish reytingini e’lon qildi.
Kompaniyaning xabar berishicha, joriy xavflarni baholashning qabul qilingan avvalgi uslublar, holatning o’zgarishini unchalik haqqoniy ko’rsatib bermas edi. Masalan, elektron pochta endilikda zararli dasturlarni tarqatishning asosiy yo’li emas va “Kaspersky Laboratoriyasi”ning kuzatuvlariga ko’ra, hozirda xavfli trafiklarining ulushi umumiy xatlar miqdorining 10% ga tog’ri keladi.
Yangi uslub Kaspersky Security Network (KSN) - 2009 shaxsiy mahsulotlar versiyasiga muljallangan yangi texnologiya ishlarning natijasiga asoslanadi.
KSN ning xulosalariga ko’ra, 2008 yil iyul oyida ikkita virus yigirmataligi qabul qilingan.
Birinchi ro’yxat kompyuter sonlari buyicha zararli, reklamali va juda xavfli dasturlarning tarqalishi darajasini ko’rsatadi. Yigirmatalikdagi zararli va juda xavfli dasturlarni TrojWare, VirWare, AdWare va Other Malware - asosiy sinflar buyicha taqsimlash mumkin. Foydalanuvchilar kompyuterlariga eng ko’p hujum qiladigan dasturlar ichida troyan dasturlarining hujumi ulushi yuqori. Birinchi uchtalik o’rinda: Trojan.Win32.DNSChanger.ech, Trojan-Downloader.WMA.Wimad.n va Trojan.Win32.Monderb.gen dasturlari o’rin olgan. Foydalanuvchilarning barcha kompyuterlarida iyul oyida 20704 ta betakror zararli va juda xavfli dasturlar aniqlangan.
Ikkinchi yigirmatalik reytingi foydalanuvchilar kopyuterlarida ko’proq zararlanadigan dasturlar haqidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi. Eng ko’p tarqalgan dasturlarga: Virus.Win32.Virut.q, Worm.Win32.Fujack.ap va Net-Worm.Win32.Nimda lar kirgan. “Kaspersky Laboratoriyasi” yigirmatalik dasturlar ichida eng e’tiborga loyiq dasturlarga GetCodec.d, chuvalchanglar, zararlovchi audio fayllarni kiritgan. Kompaniyaning baholashiga qaraganda, foydalanuvchilar kompyuterlariga maskur zararli dasturlar oilasi yetarlicha faol tarqalmoqda.
Kompaniyaning avgust oyida chiqadigan hisobotida xavfli dasturlarning ulushi va holatlarining o’zgarishi haqida ma’lumot olishingiz mumkin.
Manba: http://www.kaspersky.ru

October 26th, 2008
"“Kaspersky Laboratoriyasi” zararli dasturlarning tarqalish reytingini e’lon qildi" ga O ta izoh qoldirilgan
Hoziroq Izoh Qoldiring!