T seriyali Cyber-shot fotokameralari yangicha shaklda va har kunlik ishlatishga moslab ishlab chiqarilmoqda.  T700 va T77 modellarining tashqi ko’rinishlari o’xshashroq, umumiy tomonlari harakatlanuvchi panel, yopiluvchi qurilmasidadir. Ikkala model turli ranglar to’plamiga ega.

Т77 avvalgi T70dan farqli ravishda, 10-megapikselli matritsali, 4 martagacha kattalashuvchan, 3 dyumli sezgir ekran, 15 Mb hajmli o’rnatilgan xotira va SD/SDHC xotira kartasi uchun slotga ega.  Kameraning sezuvchanligi ISO standartiga mos ravishda 3200 birlikka teng. Murakkab holatlarda ham tiniq suratga tushira olish funksiyasi ham mavjud. Narxi 300 dollar deb belgilanmoqda.


Т700 modeli Т77ning barcha funksiyalariga ega. Lekin uning farqi 4 Gbli ichki xotira va 3,5 dyumli ekranga egaligidadir. Bu kameraning narxi 400 dollarga teng.

Ikkala yangi modelning sotuvi sentabr oyida yo’lga qo’yiladi.

Manba: http://news.digitaltrends.com