Har doimgiday Google gigant qidiruv tizimi asosiy bozorni egallagan. Statistik ma’lumotga e’tiborni qaratadigan bo’lsak, AQSH hududida 8 mlrd. ga yaqin qidiruvga so’rov berilgan bo’lsa, shundan 4,8 mlrd. dan ko’prog’i Google qidiruv tizimiga yuborilgan. O’tgan yilning shu oyiga nisbatan 16% o’sish kuzatilgan. Hozirda Google AQSH qidiruv tizimi bozorida 60,2% ulushni egallab turibdi.
Ikkinchi va uchunchi o’rinlarni Yahoo va Microsoft xizmatlari egallab turibdi. Ularning mos ravishda ulushlari qidiruv bozorida 17,4% va 11,9%ga ega.

Manba: http://www.netratings.com