Hamkorlik aloqalari o’rnatilib kelingandan buyon, Novell SUSE Linux Enterprise operatsion tizimini litsenziyali qo’llab-quvvatlash va xizmat ko’rsatish uchun Microsoft $240 mln. midqorida mablag’ sarfladi.

2006 yilning noyabridan buyon Microsoft va Novell birgalikda Windows hamda Suse Linux Enterprise serverlari ishlarining mosligi buyicha vazifalar ustida ishlab kelishmoqda. Bu korporativ mijozlarning muammosiz ikkala operatsion tizimlarni ishlatishiga imkon bermoqda. Ikkala kompaniyaning hamkorlik aloqalari 2012 yil 1 yanvarigacha davom etishi bitimda imzolangan.

Novell kompaniyasining vakillarining tasdiqlashicha, kompaniya mablag’ni ikkala OTni ishlatuvchi mijozlarning korxona va tashkilotlarida faoliyat yurituvchi xodimlarni o’qitish va texnik ko’mak ta’minotiga sarflamoqda.

Hozirgi kunda Microsoft va Novell mahsulotlarini birgalikda ishlatuvchi kompaniyalar sirasiga Renault, BMW, HSBC Holdings, Southwest Airlines va Wal-Martlar kiradi.

Manba: http://www.microsoft.com/presspass/press/2008/aug08/08-19IncrementalInvestmentPR.mspx