Bu haqda yaqinda ochilgan E7 blogida WIndows 7 loyihasining bosh menejeri Stiven Sinofskiy xabar bergan. Xabarga ko’ra, jalb qilingan programmistlar maxsus guruhlarga bo’lingan holda, alohida dasturlarni tuzishga qaratilgan. Har bir guruhga o’rtacha 40 ta dasturchilar, yana shuncha sinovchilar va 20 tacha menejerlar biriktirilgan. Umumiy hisobda, 2000 ta dasturchilar va sinovchilar hamda 500 ta ishni muvofiqlashtirib boruvchi Microsoft hamkorlari yangi OT ustida ishlashmoqda.
Mavjud ma’lumotlarga tayangan holda, shuni aytishimiz mumkinki, Windows 7 OTda Windows Vista yadrosiga asoslangan hamda yangilangan Windows Server 2008 server dasturiy platformasi ishlatiladi. OT 32 bitli va 64 bitli turkumda ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Windows 7 ning sotuvga chiqarilishi 2010 yilga mo’ljallanmoqda.
Manba: http://blogs.msdn.com/e7/archive/2008/08/18/windows_5F00_7_5F00_team.aspx

October 26th, 2008
"Windows 7 OTni ishlab chiqarishga Microsoftning 2500 ta xodimi jalb qilindi" ga O ta izoh qoldirilgan
Hoziroq Izoh Qoldiring!