Xavfsizlik ta’minotchisining xabar berishicha, Dellning desktop va noutbuklarining XPS, Inspiron va Vostro turkumlarida Kaspersky Internet Security 2009 to’liq paketi o’rnatiladi. Mazkur antivirusga kengaytirilgan funksiyalar, shaxsiy tarmoq ekrani va spam-filtri kabi imkoniyatlari biriktirilgan. Kaspersky Internet Security 2009 tarkibiga yangi va noma’lum xavflardan faol himoya, operatsion tizim va o’rnatilgan dastur ta’minotidagi nosozliklarni qidirib topish, zararlangan va fishing saytlari linklarini ta’qiqlash kabi modullari kiritilgan. Bundan tashqari, dastur paketida ota-onalar nazorati vositasi ham mavjud.


Kaspersky Internet Security 2009 dastur paketi Dell personal kompyuterlarida 30 kunlik sinov versiyasi ko’rinishida o’rnatiladi. Sinov muddati tugaganidan so’ng, foydalanuvchilar umumiy shartlarga asosan litsenziyasi muddatini uzaytirishlari mumkin. Kaspersky Internet Security 2009 mahsuloti haqida batafsil ma’lumot “Kaspersky laboratories” saytida keltirilgan.

Manba: http://www.kaspersky.ru