
Bugun kechgacha Chromening beta-versiyasini butun dunyo bo’ylab internetda yuklab olishga qo’yilishi kutilmoqda.
Google vakillarining blogida Chrome ustida olib borilgan ishlar boshidan boshlanganligi, bundan tashqari brauzer tarkibida Apple Webkit va Mozilla Firefox komponentlaridan foydalanganligi aytib o’tilgan. Chromening ommaga boshqa brauzerlarga o’xshab tekin yuklashga imkon yaratiladi, bundan tashqari mazkur dastur mahsulotining kodlari bilan ham tanishishlari ham mumkin.

Google Chromening funksional jihatlarini sanab o’tarkan, uning oddiygina, qulay foydalanuvchi interfeysiga ega ekanligi, hamda keyingi avlod veb-dasturlarini ishlatishga moslashgan kuchli JavaScript V8 dvijogi (harakatlantirgichi) o’rnatilganligi yangilik sifatida aytib o’tdi.
Chrome brauzeri Googlening onlayn xizmatlari bilan muvofiqlashtiriladi. Bu albatta Googlening reklamalarni chiqarishidan foyda olishiga yordamlashadi. Googlening aytishicha, hali Chrome to’liq tugatilmagan, beta-versiyalar orqali tushgan taklif va shikoyatlarga qarab, yangi brauzer mukammallashtirilib boriladi.
Chromening ilk bosqichida faqatgina Windows OT uchungina beta-versiyalar tuziladi. Keyinchalik, bosqichma-bosqich boshqa OTlar uchun ham ishlab chiqariladi.
Qisqacha yangi Chrome brauzeri haqida ma’lumotni 38 varoqli Chrome bilan tanishuv brosh’yurasidan olishingiz mumkin.
Manba: http://compulenta.ru

October 26th, 2008
"Google o`zining brauzeri - Chromeni e`lon qildi" ga 7 ta izoh qoldirilgan
Kechgacha Chromening beta-versiyasini yuklash imkoniyati bo’larmikan a?
Менимча, фақат Google ва унга алоқадор сайтлар, хизмат ва мосламалар учун мўлжалланган браузер бўлса керак. Мисол учун GMail почтани очиш қулайроқ қилинади, Google Reader тезроқ ишлайдиган бўлади ва ҳ.к
Google Chrome brauzerini 9 soatu 45 minutdan keyin yuklab olsa bo’larkan
P.S. http://www.freechromethemes.com/DownloadGoogleChrome.php
Heh. Menga 15 soatdan keyin deydiku?
Yana chuzishibdi . . .
Endi http://google.com/chrome dan bemalol yangi brauzerni yuklab olishingiz mumkin
GOOGLENING YANGI CHROME BRAUZERI JUDA MURAKKAB EKAN!
Hoziroq Izoh Qoldiring!