Bu readerning asosiy yangiligi uning 6 dyumli sensorli ekranga egaligidir.

Endi mazkur qurilma foydalanuvchilari ekranga qo’llarini tegizib, sahifalarni almashtirishlari mumkin. Hatto, ekranda klaviatura ham mavjud bo’lib, foydalanuvchilar eslatmalar, yozishmalar qoldirishlari hamda kitobdan kerakli so’zlarni ham qidirishlari mumkin. Yangi Reader PRS-700da LED-yoritgichi ham o’rnatilgan bo’lib, qorong’uda ham o’qish imkoniyatiga ham ega bo’ladilar. Hali hotira hajmi, qanaqa elektron kitoblar formatlarini qo’llashi haqida ma’lumotlar yuq. Narxi avvalgi versiyalardan unchalik qimmat bo’lmasligi taxmin qilinmoqda. Yangi qurilma oktyabr oxiri va noyabr boshlarida sotuvga chiqariladi.
Manba: http://sony.com

October 26th, 2008
"Yangi touchscreenli Sony Reader PRS-700" ga O ta izoh qoldirilgan
Hoziroq Izoh Qoldiring!