
Portege R600 noutbugi dunyoda eng yengil noutbuk hisoblanadi. R600 ekranining diagonali 12.1 dyumni tashkil etadi.
Toshiba Portege R600ga 1.2 Ggz.li Intel Core 2 Duo protsessori o’rnatilgan. Laptopning operativ xotirasi 3 Gb.ni tashkil qilib, qattiq xotira sifatida esa 200 Gb.li vinchester yoki 128 Gb.li SSD fleshkadan foydalaniladi.

Toshiba Portege R600 noutbugi 3G va Bluetooth modullari hamda veb-kamera bilan birga sotuvga chiqariladi. Laptopga OT sifatida Windows Vista Business o’rnatiladi. Toshiba Portege R600 ning minimal narxi 1800$ ni tashkil etadi.
Bundan avval, dunyoda eng yengil noutbuk Toshiba Portege R500-S5007V rusumi hisoblanardi. Mazkur laptop ekranining diagonali 12.1 dyum bo’lib, og’irligi 1.3 kg.ni tashkil qilgan.
Manba: http://www.techradar.com

October 26th, 2008
"Toshiba Portege R600: dunyoda eng yengil noutbuk" ga O ta izoh qoldirilgan
Hoziroq Izoh Qoldiring!